Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharoani “yo‘q qilish kerak” degan keskin bayonoti bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Videomurojaatida u Suriya hukumati bilan muzokara olib borishning imkonsizligini aytib, yagona yechim — prezidentni nishonga olish ekanini ta’kidladi.
“Biz ilonning boshini ezishimiz kerak”, — deydi Ben-Gvir, Suriya rahbariyatini bevosita xavf sifatida ko‘rsatgan holda.
Uning bu chiqishi Isroil siyosatidagi keskinlikni yanada oshirishi mumkin. Ayni vaqtda rasmiy Damashqdan hech qanday raddiya yoki izoh bildirilgani yo‘q.