12 iyul kuni Belarus havo kuchlariga qarashli Mi-24 vertolyoti Ukrainaga yo‘nalgan Rossiya dronini urib tushirdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasiga tayanib, mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha paytda Belarus havo hududida kamida uchta Rossiya uchuvchisiz uchoq qurilmasi bo‘lgan.
Belarus havo mudofaa kuchlariga qarashli vertolyot havo makonini nazorat qilish vazifasini bajarayotgan paytda “Gerbera” turkumidagi zarba beruvchi dronni aniqlab, uni yo‘q qilgan.
Dronning parchalari Gomel viloyati hududiga tushgani aytilmoqda.