AsosiyDunyo

Hindistonda Boeing samolyotining qulashi yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi

Avvalroq, joriy yilning 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga uchgan samolyot parvozdan taxminan 30 soniya o‘tib qulab tushgan edi.

'Hindistonda Boeing samolyotining qulashi yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi'ning rasmi

Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 241 kishi halok bo‘lgan, u qulagan joyda ham o‘nlab insonlar vafot etgandi.

Reuters'ning yozishicha, dastlabki hisobotga ko‘ra, samolyot halokatidan avval kabinada chalkashlik yuz bergan. Chunki bortda dvigatel yoqilg‘isini uzish tugmalari deyarli bir vaqtning o‘zida ishga tushib, dvigatellarga yoqilg‘i yetib borishi to‘xtagan. Bu haqda Hindistonning halokatlarni tergov qilish bo‘yicha rasmiy idorasi e’lon qilgan hisobotda so‘z boradi.

Samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq, kuzatuv kamerasi zaxira energiya manbai – RAM havo turbinasining ishga tushganini qayd etgan. Bu esa dvigatellardan quvvat uzilgani belgisi edi.

Amerikalik aviatsiya eksperti Jon Nensning ta’kidlashicha, oddiy sharoitda uchuvchi parvoz paytida hech qachon bu tugmalarni o‘chirmaydi, ayniqsa samolyot ko‘tarila boshlaganida. Tugmalarni «cutoff» rejimiga o‘tkazish dvigatellarni deyarli darhol o‘chiradi. Odatda bu faqat samolyot aeroportda to‘xtagandan so‘ng yoki favqulodda holatlarda – masalan, dvigatelda yong‘in chiqsa – amalga oshiriladi. Hisobotda esa favqulodda holat bo‘lgani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Boeing kompaniyasi hisobot yuzasidan Air India va tergovga yordam berishni davom ettirishini aytdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:25

    Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi

    Eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlar sifatida Parij va Lazurniy sohil shaharlari tilga olinmoqda.

    '12 million snaryad, 30 ming askar: KXDR Rossiyaning yangi urush ittifoqchisiga aylandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:21

    12 million snaryad, 30 ming askar: KXDR Rossiyaning yangi urush ittifoqchisiga aylandi

    KXDR tomonidan Rossiyaga yuborilgan harbiy yuk konteynerlari soni 28 mingdan oshgan.

    'Tramp Ukrainaga milliardlab yordam puli ajratishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:19

    Tramp Ukrainaga milliardlab yordam puli ajratishi mumkin

    Bu yordam orqali Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Kremikni ogohlantirishni maqsad qilgan.

    '“Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:16

    “Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi

    Bavariyaning 4 qarorgohi dunyoning tarixiy adibdalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

    'Germaniyaga ketayotgan afg‘onlar Pokistonda hibsga olinmoqda'ning rasmi

    Dunyo 13.07.2025 18:52

    Germaniyaga ketayotgan afg‘onlar Pokistonda hibsga olinmoqda

    Pokiston Germaniyaga muhojirlarni olib chiqish uchun 30 iyungacha muddat belgilagan edi.

    'Eron prezidenti Pezeshkiyon Tehronda Isroil hujumi oqibatida yaralangan — Fars'ning rasmi

    Dunyo 13.07.2025 17:20