AsosiyDunyo

Germaniyaga ketayotgan afg‘onlar Pokistonda hibsga olinmoqda

Pokiston Germaniyaga muhojirlarni olib chiqish uchun 30 iyungacha muddat belgilagan edi.

'Germaniyaga ketayotgan afg‘onlar Pokistonda hibsga olinmoqda'ning rasmi

Pokiston va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik ziddiyat kuchaymoqda. Buning sababi — Germaniyaga borish uchun ruxsatnoma olgan, ammo Islomobodda qolib ketgan 2 500 dan ortiq Afg‘oniston fuqarosining taqdiriga bog‘liq. 

2021 yilda Tolibon hokimiyatga kelganidan so‘ng, Germaniya mazkur afg‘onlarni qabul qilishga va’da bergan edi. Biroq hujjatlarni tekshirish jarayoni cho‘zilib ketgani sabab, ko‘plab afg‘onlar Pokistonda vizasi tugagan holda qolib ketgan, deya yozmoqda "zamon.uz". 

WELT nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning migratsiya ishlari bo‘yicha federal idorasi va politsiyasi hujjatlarni tekshirishni sekin amalga oshirmoqda — o‘rtacha kutish muddati 8 oyga cho‘zilmoqda.

Pokiston esa bu vaziyatga ko‘z yumolmay, Germaniyaga afg‘onlarni olib chiqish uchun ikki marta muddat belgilagan. So‘nggi muddat — 30-iyun kuni yakunlangan. Shu bilan birga, rasmiylar afg‘onlar yashayotgan uylarga reyd uyushtirmoqda.

Taxminan 150 nafar shaxs deportatsiya markazlariga yuborilgan. Ularning ayrimlari Germaniya aralashuvi bilan ozod qilingan, biroq vaziyat hali ham keskinligicha qolmoqda.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi afg‘onlarni deportatsiya qilishni to‘xtatish maqsadida muzokaralar olib bormoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:25

    Dunyoning eng ko‘p sayyoh boradigan 10 davlati e’lon qilindi

    Eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlar sifatida Parij va Lazurniy sohil shaharlari tilga olinmoqda.

    '12 million snaryad, 30 ming askar: KXDR Rossiyaning yangi urush ittifoqchisiga aylandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:21

    12 million snaryad, 30 ming askar: KXDR Rossiyaning yangi urush ittifoqchisiga aylandi

    KXDR tomonidan Rossiyaga yuborilgan harbiy yuk konteynerlari soni 28 mingdan oshgan.

    'Tramp Ukrainaga milliardlab yordam puli ajratishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:19

    Tramp Ukrainaga milliardlab yordam puli ajratishi mumkin

    Bu yordam orqali Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Kremikni ogohlantirishni maqsad qilgan.

    '“Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:16

    “Erkatoy shoh” orzusi endi YUNЕSKO merosiga kirdi

    Bavariyaning 4 qarorgohi dunyoning tarixiy adibdalar ro‘yxatiga qo‘shildi.

    'Hindistonda Boeing samolyotining qulashi yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.07.2025 21:19

    Hindistonda Boeing samolyotining qulashi yuzasidan dastlabki ma’lumotlar ochiqlandi

    Avvalroq, joriy yilning 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga uchgan samolyot parvozdan taxminan 30 soniya o‘tib qulab tushgan edi.

    'Eron prezidenti Pezeshkiyon Tehronda Isroil hujumi oqibatida yaralangan — Fars'ning rasmi

    Dunyo 13.07.2025 17:20