Toshkent viloyatining Ohangaron shahri hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlayotgan mansabdor shaxs ishonchni suiiste’mol qilgani fosh bo‘ldi.
U, go‘yoki, hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uch xonali uy-joyni sud tizimidagi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Evaziga esa uy uchun 15 000 AQSH dollari, suddagi “tanishlar” uchun esa yana 3 500 dollar talab qilgan. Umumiy miqdor 18 500 dollarni tashkil etgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar jazoni ijro etish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs avans sifatida 9 500 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.