AsosiyJinoyat

Xorazmda oqlov hukmini chiqarib berishni va’da qilgan sudya ushlandi

Sudya bu “holis xizmati” uchun 15 ming dollar talab qilgan.

'Xorazmda oqlov hukmini chiqarib berishni va’da qilgan sudya ushlandi'ning rasmi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani sudi tergov sudyasida 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudya M.S. Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqal’a tuman sudida ko‘rilayotgan, Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga pul talab qilgan.

Shundan so‘ng tergov sudyasi 2 ming dollarni naqd pulda va 24 million so‘mni plastik karta orqali olgan.

DXXga ko‘ra, u bergan va’dasining ustidan chiqa olmagach, olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida xizmat, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda Oliy sud roziligi bilan Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Boshqa yangiliklar