AsosiyJamiyat

Shvetsiya o‘zbekistonlik migrantlarga ish berish bo‘yicha muhim kelishuvni imzoladi

Ushbu mamlakatda demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilyapti.

'Shvetsiya o‘zbekistonlik migrantlarga ish berish bo‘yicha muhim kelishuvni imzoladi'ning rasmi

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell  o‘rtasida O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Konstruktiv muloqotda, noqonuniy migratsiyani oldini olish, inson huquqlarni himoyalovchi, qulay, shaffof tashkillashtirilgan migratsiya mexanizmlarini yaratish masalasi muhokama qilindi. 

Bugungi kunda Shvetsiyadagi demografik jarayonlar tufayli transport, qurilish, sanoat, tibbiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilyapti. O‘zbekiston ushbu mamlakat mehnat bozoriga malakali mutaxassislarni tayyorlash va olib kirish uchun yetarli salohiyatga ega. 

Tomonlar quyidagi asosiy tashabbuslarni ilgari surishdi:

  • ikki mamlakat o‘rtasida markazlashtirilgan raqamli platforma yaratish;
  • qurilish, logistika va tibbiy xizmatlar yo‘nalishlariga ish beruvchilar talabi asosida o‘zbekistonlik yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va Shvetsiyada bandligini ta’minlashga qaratilgan pilot loyihalarini boshlash. 

Shuningdek, uchrashuv doirasida migratsiya va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik haqida qo‘shma deklaratsiya imzolandi, bu hamkorlik nolegal migratsiyaga chek qo‘yish, axborot almashish va konsullik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Ishonchim komilki bugun imzolangan tarixiy hujjat, O‘zbekiston – Shvetsiya munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, va kelajakdagi faol hamkorligimiz uchun muhim qadam bo‘ldi. Mamlakatingizga ilk bor kelgan bo‘lsamda, jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, qolaversa barcha sohalardagi ijobiy imkoniyatlar menda juda ijobiy xissiyotlar qoldirdi”,
- dedi Shvetsiya Migratsiya vaziri Johan Forssell.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda hovuzdagi baliqni qo‘li bilan ushlagan yigitga tanbeh bergan qiz haqoratlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.06.2025 20:53

    Toshkentda hovuzdagi baliqni qo‘li bilan ushlagan yigitga tanbeh bergan qiz haqoratlandi

    Yigit qizni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

    'Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar o‘tkaziladi'ning rasmi

    Jamiyat 25.06.2025 20:27

    Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar o‘tkaziladi

    Bundan tashqari, “E-Kengash” elektron platformasi “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi.

    '2030 yilga kelib O‘zbekiston iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan o‘nta davlat qatoriga kirishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 25.06.2025 17:52

    2030 yilga kelib O‘zbekiston iqlim o‘zgarishidan aziyat chekayotgan o‘nta davlat qatoriga kirishi mumkin

    Vaziyat shunday davom etsa, aholi salomatligi va turmush darajasi hamda mamlakatlar iqtisodiyoti jiddiy xavf ostida qolishi mumkin.

    'Samarqandda do‘kon yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.06.2025 16:24

    Samarqandda do‘kon yonib ketdi

    Yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirilgan.

    'Qashqadaryoda “Tok” o‘g‘irligi ortidan davlatga 558 million so‘mlik zarar yetkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.06.2025 12:19

    Qashqadaryoda “Tok” o‘g‘irligi ortidan davlatga 558 million so‘mlik zarar yetkazildi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Toshkentda timsoh uyda saqlanayotgani aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.06.2025 08:21

    Toshkentda timsoh uyda saqlanayotgani aniqlandi

    Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.