Afg‘oniston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, Salang dovonida navbatdagi ta’mirlash jarayoni olib borilishi tufayli dovon orqali katta hajmli yuk transport vositalarining harakatlanishi ertaga, 10 iyundan boshlab vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
Mazkur yo‘nalish orqali xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirgan tashuvchilardan ushbu jihatni inobatga olish so‘ralgan.
Transport vazirligi Pokiston va Pokiston portlariga yuk tashuvlarini boshqa muqobil transport yo‘nalishlari orqali amalga oshirishni tavsiya etgan.