AsosiyJamiyat

"Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida ulg‘aysin!"

Saida Mirziyoyeva bolalarni bugungi bayram bilan tabrikladi.

'"Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida ulg‘aysin!"'ning rasmi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bolalarni asrab-avaylashga, ularning so‘zlariga quloq tutishga chaqirdi.

15 may kuni “Bola‌larni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida“gi qonun kuchga kirdi – davlatimiz har bir o‘g‘il-qizning beg‘ubor bolaligi baxtli o‘tmog‘i uchun barcha choralarni ishga solmoqda.

Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni so‘zsiz tushunadigan g‘amxo‘r insonlar qurshovida o‘sib-ulg‘aysin. Hammamizning umr yo‘limiz bolalik bekatidan boshlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks-sado berib turadi. Bolalarni asrab-avaylang. So‘zlariga quloq tuting. Ularni o‘rab turgan atrof-olam shodlikka to‘la bo‘lsin, — deydi Saida Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar