AsosiyJamiyat

Andijonda 7 yoshli bola 40 metrli quduqqa tushib ketdi

Uy egasi 7 yoshli o‘g‘lini quduqqa tushib ketgani haqida FVBga murojaat qilgan.

'Andijonda 7 yoshli bola 40 metrli quduqqa tushib ketdi'ning rasmi

Bugun, kuni 16 may Andijon viloyatida 40 metrli quduqqa tushib ketgan 7 yoshli bola qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 11:00 da Andijon Qo‘rg‘ontepa tumani “Ibn Sino” MFY Maktab ko‘chasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm bo‘lgan suvsiz, hozirda foydalanishda bo‘lmagan quduqqa uy egasining 7 yoshli o‘g‘li extiyotsizlik oqibatida tushib ketgani, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab  FVBga murojaat qilingan.

Aytilgan manzilga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar va anjomlar yordamida olib borilgan qutqarish ishlari natijasida bola quduqdan sog‘-salomat chiqarib olingan. Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar