AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass chiptalari uchun maksimal tarifni pasaytirdi

Yo‘lovchilar uchun arzon tariflarda ko‘proq joy bo‘lishi ma’lum qilindi.

'Uzbekistan Airways mahalliy ekonom-klass chiptalari uchun maksimal tarifni pasaytirdi'ning rasmi

O‘zbekiston aholisi uchun aviaqatnovlarni yanada qulayroq qilish maqsadida Uzbekistan Airways mahalliy parvozlardagi ekonom-klass tariflari tarkibini yangiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, endi avvalgi 10 ta tarif turi o‘rniga 4 ta soddalashtirilgan tarifdan iborat tizim joriy etildi, bu esa quyidagilarni ta’minlaydi:

  • narx bo‘yicha tarif tanlash tushunarliroq bo‘ladi;
  • minimal tariflar bo‘yicha o‘rinlar soni oshiriladi;
  • ko‘proq yo‘lovchilar uchun arzon reyslar imkonini beradi;
  • (to‘rtta tarifning har biri qaytarish imkoni bilan — yukli va qaytarib bo‘lmaydigan — yuksiz variantlarda taqdim etiladi)

Kompaniya matbuot xizmatining darakchi.uz'ga ma’lum qilishicha, chiptalarning minimal narxi o‘zgarishsiz qoladi, tariflar orasidagi farq esa optimallashtirildi — bu komfort, elastiklik va narx o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, tariflarning eng yuqori darajasi ham pasaytirildi — bu aholining mobilligini oshirishga qaratilgan, deyiladi xabarda.

Yangi tariflar quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanadi:

  • Toshkent — Samarqand: 249 ming so‘mdan;
  • Toshkent — Namangan: 249 ming so‘mdan;
  • Toshkent — Farg‘ona: 249 ming so‘mdan;
  • Toshkent — Qarshi: 278 ming so‘mdan;
  • Toshkent — Termiz: 424 ming so‘mdan;
  • Toshkent — Urganch: 512 ming so‘mdan;
  • Toshkent — Nukus: 512 ming so‘mdan;
  • Buxoro — Urganch: 336 ming so‘mdan.

Narx bir yo‘nalish uchun ko‘rsatilgan bo‘lib, qaytish yo‘nalishida ham xuddi shunday narx belgilangan. Narx chet el valyutasiga bog‘liq va hozirgi vaqtdagi tarifni aks ettiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Netanyahu tirik'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:13

    Netanyahu tirik

    U xavfsizlik bo‘yicha yopiq uchrashuv o‘tkazdi.

    'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.

    2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyatiga Parij shahridan nufuzli xalqaro meʼmoriy mukofot — Prix Versailles tanlov qoʻmitasidan rasmiy maktub kelib tushdi.

    'Netanyahu o'ldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    Netanyahu o'ldimi?

    Eron uning ofisiga zarba berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:30

    'Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi

    Hodisa oqibatida obyekt hududida yong‘in yuzaga kelgan.

    'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.