AsosiyJamiyat

Erdo‘g‘an Putinning taklifiga rozi bo‘ldi

Erdo‘g‘an Putinga Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun maydon taqdim etishga tayyorligini aytgan.

'Erdo‘g‘an Putinning taklifiga rozi bo‘ldi'ning rasmi

Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi sulhni qo‘llab-quvvatlaydi va ikki davlat Turkiyada muzokaralar o‘tkazishiga rozi. Bu haqda kecha, 11 may kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti chog‘ida so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqot davomida Putin Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilgan. Turkiya tomoni versiyasiga ko‘ra, Erdo‘g‘an Putinga uning mamlakati Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun maydon taqdim etishga tayyorligini aytgan. Qolaversa, Erdo‘g‘an “tinchlikka erishish nuqtayi nazaridan imkoniyatlar oynasi ochilganini” ta’kidlagan.

Shu bilan birga, Turkiya nashrlarining ta’kidlashicha, Erdo‘g‘an o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish uchun zarur muhit yaratishini ham qo‘shimcha sifatida aytgan.

Bundan tashqari, yetakchilar savdo va investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirish, shu jumladan energetika sohasida strategik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar