AsosiyJamiyat

Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi

Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

'Andijonda kanal shikastlanishi ortidan aholi xonadonlariga suv kirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘og‘i shikastlanib, oqibatda aholi xonadonlariga suv kirib borgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirda Janubiy Farg‘ona magistral kanalining bosh qismida suv oqimi to‘liq to‘xtatilgan. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan va suv oqimini xavfsiz o‘tkazish ta’minlanmoqda. Holat to‘liq nazoratga olingan.

“Shu bilan birga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi ham mazkur hududga yetib bordi”,—deyiladi munosabatda.

Shuningdek, izohda mutaxassislar aholi xonadonlarida bo‘lib, yetkazilgan zararni o‘rganish va aniqlash ishlarini olib bormayotgani bildirilgan.

    Boshqa yangiliklar