AsosiyDunyo

Fridrix Mers ikkinchi urinishda Germaniya kansleri bo‘ldi

U avvalroq Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni davom ettirishga va’da bergan edi.

'Fridrix Mers ikkinchi urinishda Germaniya kansleri bo‘ldi'ning rasmi

Gerianiya kanslerini saylash bo‘yicha ovoz berish Bundestagda bo‘lib o‘tdi.

Garchi kamida 316 ta ovoz talab etilgan bo‘lsa-da, Mersning nomzodligi uchun 630 deputatdan 325 nafari ovoz berdi. Endi Mers Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerdan rasmiy tayinlash hujjatini qabul qiladi. Mazkur hujjatni olganidan so‘ng, u rasman kansler maqomiga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng, u darhol Bundestagga qaytib, qasamyod qiladi.

Mers Germaniya tarixidagi o‘ninchi kansler bo‘ladi. U avvalroq Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni davom ettirishga va’da bergan edi. Shuningdek, u Kiyevga Taurus qanotli raketalarini yuborish tarafdori bo‘lgan. Biroq bu faqat Yevropa hamkorlari bilan kelishuvga erishilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkinligini aytgan.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Qolishim yoki ketishimni men hal qilmayman" - Qodirov'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2025 20:49

    "Qolishim yoki ketishimni men hal qilmayman" - Qodirov

    Qodirov o‘z iste’fosiga oid so‘zlariga izoh berdi.

    'Isroil Yaman energetika obyektlariga hujum qildi va Sanodagi aeroportni yo‘q qildi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2025 19:54

    Isroil Yaman energetika obyektlariga hujum qildi va Sanodagi aeroportni yo‘q qildi

    Husiylar Isroilga nisbatan to‘liq havo muhosarasini e’lon qilgan va uning aeroportlariga muntazam zarbalar berishga va’da bergan edi.

    'Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2025 11:28

    Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi

    Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkov shahrini nishonga olgan.

    'Suriya prezidenti Fransiyaga boradi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2025 10:47

    Suriya prezidenti Fransiyaga boradi

    Joriy yilning 5-fevral kuni telefon orqali muloqot chog‘ida prezident Makron suriyalik hamkasbini yaqin haftalarda Fransiyaga tashrif buyurishni rasman taklif qilgan edi.

    'Olof Sholts lavozimdan ketdi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2025 08:51

    Olof Sholts lavozimdan ketdi

    Uning o‘rnini Fridrix Merts egalladi

    'KXDR Rossiyaga 15 mingga yaqin migrantini yubordi'ning rasmi

    Dunyo 06.05.2025 07:21

    KXDR Rossiyaga 15 mingga yaqin migrantini yubordi

    2024-yilda Rossiyaga kirib kelgan shimoliy koreyaliklar soni o‘tgan yilga nisbatan 12 barobarga oshgan.