AsosiyJamiyat

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi.

'Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi'ning rasmi

“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

 Farmonning asosiy maqsadi ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirishdir.

Farmonga ko‘ra, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi (Agentlik) tashkil etiladi. 

 Agentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (ta’lim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi. Bunda:

  •  kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida o‘tkaziladi;
  • maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilayotgan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladi.

Shuningdek, Agentlik ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini o‘rganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar