Eron g‘arbidagi Kirmonshoh viloyatida kuchli chaqmoq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Alirizo Haydariy ma’lum qilgan.
Haydariyning aytishicha, chaqmoq urish holatlari viloyatning ikki alohida hududida qayd etilgan. Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda xizmatlar yetib borgan va jabrlanganlarga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, Eron tog‘li hududlarida bahor va yoz oylarida chaqmoq urish holatlari tez-tez kuzatiladi.