AsosiyDunyo

Rossiya safida jang qilgan taxminan 4700 nafar shimoliy koreyalik askar halok bo‘lgan yoki yaralangan

Shimoliy Koreya birinchi marta o‘z harbiy xizmatchilarini Rossiyaga yordam berish uchun yuborganini tasdiqlaganidan ikki kun o‘tib e’lon qilindi.

'Rossiya safida jang qilgan taxminan 4700 nafar shimoliy koreyalik askar halok bo‘lgan yoki yaralangan'ning rasmi

Janubiy Koreyaning milliy razvedka xizmati choria payshanba kuni parlament a’zolariga ma’lum qilishicha, Rossiya tomonida Ukraina kuchlariga qarshi janglarda qatnashgan taxminan 4700 nafar shimoliy koreyalik askar halok bo‘lgan yoki yaralangan.

Bu baholash Shimoliy Koreya birinchi marta o‘z harbiy xizmatchilarini Rossiyaga, o‘tgan yili Ukrainaning kutilmagan hujumi natijasida yo‘qotilgan Kursk viloyatining qismlarini qayta egallashda yordam berish uchun yuborganini tasdiqlaganidan ikki kun o‘tib e’lon qilindi.

Yopiq eshiklar ortida o‘tgan parlament qo‘mitasi majlisida Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya Rossiya va Ukraina frontida 4700 nafar qurbon bergan, ulardan 600 nafari halok bo‘lgan. Bu haqda yig‘ilishda qatnashgan deputat Li Son Kvyon ma’lum qildi.

Lining aytishicha, NIS yanvardan martgacha 2000 nafar yaralangan shimoliy koreyalik askar havo yoki temir yo‘l orqali vataniga qaytarilganini bildirgan. Halok bo‘lgan askarlar Rossiyada krematsiya qilinib, ularning kullari Shimoliy Koreyaga yuborilgan.

Yanvar oyida NIS 300 nafar shimoliy koreyalik askar halok bo‘lganini, yana 2700 nafari yaralanganini ma’lum qilgan edi. O‘tgan oy Janubiy Koreya armiyasi umumiy jarohatlangan va halok bo‘lganlar sonini 4000 nafargacha oshirgan edi.

Dushanba kuni Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiya qurolli kuchlari bilan hamkorlikda “ukrain neonatsist bosqinchilarini yo‘q qilish va Kursk hududini ozod etish” uchun o‘z askarlarini yuborishga qaror qilganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu uchun Shimoliy Koreyaga minnatdorchilik bildirib, shimoliy koreyalik askarlarning qurbonliklarini unutmaslikka va’da berdi.

Kim va Putinning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya askarlarining yuborilishi ikki davlat o‘rtasidagi 2024 yilda imzolangan mudofaa shartnomasi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu kelishuv har ikki tomonning himoyasi uchun yordam ko‘rsatishni talab qiladi. AQSH, Janubiy Koreya va ularning hamkorlari Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdorda an’anaviy qurol-yarog‘ yetkazib berayotganini aytishmoqda. Ular Rossiyaning bu yordam evaziga Shimoliy Koreyaga harbiy va iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatayotganini gumon qilishmoqda.

AQSH, Janubiy Koreya va Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, o‘tgan kuz Shimoliy Koreya Rossiyaga 10 000–12 000 nafar askar yuborgan. Janubiy Koreya armiyasi mart oyida yana 3000 nafar qo‘shimcha shimoliy koreyalik askar jo‘natilganini ma’lum qilgan.

Chorshanba kunigi ma’lumot berish paytida NIS vakili Kim Byon Kining bildirishicha, Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa raketalari, elektron urush uskunalari, dronlar va razvedka yo‘lga chiqarish texnologiyalarini bergan. Shuningdek, ikki tomonlama sanoat hamkorligi doirasida Rossiyaga 15 000 nafar shimoliy koreyalik mehnatchi yuborilgan. Uning aytishicha, Shimoliy Koreya Rossiyaga yuborgan raketalar va artilleriya qurollari qiymati milliardlab dollarga teng, biroq Rossiya bu qurollar uchun Shimoliy Koreyaga naqd pul o‘tkazganiga oid dalil topilmagan.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar