AsosiyJamiyat

O‘rmon xo‘jaligida 100 dan ortiq archalar kesib tashlangan

O‘rmon qo‘riqchisi va bo‘lim boshlig‘iga loqaydligi uchun ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

'O‘rmon xo‘jaligida 100 dan ortiq archalar kesib tashlangan'ning rasmi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi Duob o‘rmon bo‘limi hududida jami 104 dona Zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesilganligi va o‘sishdan to‘xtamas darajasida shikastlantirilganligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, Duob o‘rmon bo‘limi 4 sarhad hududida fuqaro K.M. tomonidan 3 dona Zarafshon archa daraxtlari tag qismidan o‘sishdan to‘xtash darajasida kesib tashlanganligi aniqlangan va fuqaroga nisbatan jarima qo‘llanilib, O‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan 51 million 810 ming so‘m zarar hisoblangan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan va sudning hal qiluv qarori chiqarilgan.

Shuningdek, Duob o‘rmon bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan Z.B. hamda 4 sarhad o‘rmon qo‘riqchisi vazifasida ishlagan H.E.ga o‘z lavozim vazifasiga loqaydlik bilan qaraganligi uchun ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, shu hududda Zarafshon archa daraxtlarining 38 donasi noma’lum shaxslar tomonidan tag qismidan va yon shoxlari kesilganligi aniqlanib, o‘rmon qo‘riqchisi H.E.ga takroriy ma’muriy jarima qo‘llanilib, o‘rmon xo‘jaligiga 94 million 387 ming 500 so‘m zarar yetkazilganligi hisoblangan va Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilgan.

Bundan tashqari, Duob o‘rmon bo‘limi 3 sarhad hududida ham noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda 6 dona Zarafshon archa daraxtlari o‘sishdan to‘xtash darajasida tag qismidan va o‘sishdan to‘xtamaslik darajasida kesib ketilganligi aniqlangan. Hudud o‘rmon qo‘riqchisi R.B.ga nisbatan ma’muriy chora qo‘llanilib, o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan 41 million 400 ming so‘m zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan va hujjatlar sudga yuborilgan.

Qolaversa, aynan mazkur hududda fuqaro H.A. tomonidan 8 dona (zarar miqdori 25 million 387 ming 500 so‘m) Zarafshon archasi tag qismidan va yon shoxlari kesilayotganligi aniqlangan va ma’muriy jarima qo‘llanilib, hujjatlar Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudiga yuborilgan.

Shu bilan birga, noma’lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda 49 dona Zarafshon archa daraxti o‘sishdan to‘xtash darajasida tag qismidan va yon shoxlari o‘sishdan to‘xtamaslik darajasida kesib ketilgan. Natijada o‘rmon xo‘jaligiga 176 million 587 ming 500 so‘m zarar yetkazilgan va zararni undirish uchun hujjatlar Dehqonobod tuman prokuraturasiga o‘tkazilgan.

Duob o‘rmon bo‘limi hududida jami 104 dona Zarafshon archa daraxti tag qismidan kesilgan va o‘sishdan to‘xtamas darajada shikastlantirilgan.

Holatlar yuzasidan o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan ma’sul shaxslarga, huquqbuzarlarga nisbatan chora belgilash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSHda "gigant chaqaloq" dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:35

    AQSHda "gigant chaqaloq" dunyoga keldi

    AQShning Itaka shahridagi tibbiyot markazida ogʻirligi 5,9 kg boʻlgan chaqaloq tugʻilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:04

    'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 16:19

    Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 14:38

    Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.

    'Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 13:14

    Toshkentda YPI inspektori halok bo‘ldi.

    Bunga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

    'Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 12:02

    Prezident Termizda bazalt ishlab chiqarish loyihasini koʻzdan kechirdi

    Davlat rahbari Surxondaryoga tashrifi davomida qiymati 26 million dollarlik bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.