AsosiyJamiyat

Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.

'Jizzaxda metan “zapravka” 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatida "Metan zapravka" 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar qildi.

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Zarbdor tumanida joylashgan “R.G.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich ko‘rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar