AsosiyJamiyat

Bugun faqat vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Resrublikada harorat 11-16° atrofida bo‘ladi.

'Bugun faqat vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-16° bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol  3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 

ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar