AsosiyDunyo

Turkiyada janozasi o‘qilayotgan erkak tirilib ketdi

Janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotganda tobutdan ovoz eshitilgan.

'Turkiyada janozasi o‘qilayotgan erkak tirilib ketdi'ning rasmi

Turkiyaning Istanbul shahridagi masjidda 80 yoshli Halit Bayshuning janozasi davomida uning tirik ekani aniqlandi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Nashrning yozishicha, janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotganda erkak bo‘lgan tobutdan ovoz eshitilgan. Shundan so‘ng, janoza qatnashchilari shifokorlarni chaqirgan. Tobut ochilgach, ular keksa odamning pulsini aniqlagan.

“Men tobutning ustiga egildim va qandaydir tovushni eshitdim, shundan so‘ng tez yordam chaqirildi”, deydi Ayvansaray mahallasi raisi G‘olib Akchay.

O‘z vaqtida yetib kelgan shifokorlar Halit Bayshuga yurak massaji qilgan va uni shifoxonaga olib ketgan, ammo u keyinchalik hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash holatlar avval ham kuzatilgan. Masalan, 2021 yilda Livanda janoza paytida “marhum”ning nafas olayotgani sezilgan. Shundan so‘ng, ochiq tobutda yotgan erkakning hali tirik ekanligini shifokorlar tasdiqlagan, ammo uning avval qanday qilib o‘lik deb topilgani izohlanmagan.

Shunday holatlardan biri Indoneziyada ham kuzatilgan. Unda 12 yoshli Siti ismli qiz janoza marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda “tirilgan”. O‘smir qiz diabet va organlari zararlanishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan bo‘lgan. U yerda qizning o‘limi qayd etilgan va uning jasadi oilasiga topshirilgan.

“To‘satdan uning ko‘zlari ochildi va yuragi yana ura boshlaganini payqadik”, deb eslaydi qizning otasi.

Uning oldiga yetib kelgan shifokorlar qizni nafas olishiga yordam berish uchun kislorodga ulagan, ammo bir soatdan keyin u vafot etgan.

Ehtimol, Siti “Lazar sindromi” deb nomlangan holat natijasida qayta hayotga kelgan bo‘lishi mumkin. Bu holat yurak yetishmovchiligidan o‘lim paytida yoki reanimatsiya urinishlaridan keyin taxminan o‘n daqiqa ichida sodir bo‘ladi. “Lazar sindromi” paytida yurak faoliyati tiklanadi, odamlar nafas oladi, yo‘taladi, ba’zida hatto harakatlar ham seziladi. Ammo, qayta tiklangan qon aylanishidan so‘ng, ba’zida odamlar qisqa muddat ichida yana vafot etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron AQSH va Isroilni kimyoviy urushda ayblamoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:52

    Eron AQSH va Isroilni kimyoviy urushda ayblamoqda

    AQSH va Isroilning yoqilgʻi omborlariga qilgan hujumlari tinch aholiga qarshi kimyoviy urush deb baholandi.

    'Eron yangi oliy rahbarini tanladi'ning rasmi

    Dunyo 08.03.2026 22:12

    Eron yangi oliy rahbarini tanladi

    Mujtabo Xominay otasining o‘rnini egalladi.

    'Eron bilan mojaro kuchaymoqda: AQSh askari halok bo'ldi, Tehron bombalar tutuni bilan to'lib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 08.03.2026 21:42

    Eron bilan mojaro kuchaymoqda: AQSh askari halok bo'ldi, Tehron bombalar tutuni bilan to'lib ketdi

    So‘nggi hujumlar Eron va Fors ko‘rfazi davlatlarida muhim inshootlarga zarar yetkazdi.

    'Эпштейн йош аёлларни назорат қилиш учун шифокорлардан фойдаланган — NYT'ning rasmi

    Dunyo 08.03.2026 21:39

    Эпштейн йош аёлларни назорат қилиш учун шифокорлардан фойдаланган — NYT

    Uning o‘zi va atrofidagi yosh ayollar uchun yollagan ayrim shifokorlar tibbiy axloq qoidalarini buzgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.03.2026 17:54

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.03.2026 16:54