AsosiyDunyo

Ўзбекистон ёшлари "Келажак муҳандислари" халқаро фестивали ғолибига айланди

28-30 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 1 sentyabr kuni ShHTning Tyantszin sammitida ilgari surgan tashabbusi bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar va boshqa mamlakatlardan 14 mingga yaqin yosh dasturchilarni birlashtirgan "Kelajak muhandislari" xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi.

'Ўзбекистон ёшлари "Келажак муҳандислари" халқаро фестивали ғолибига айланди'ning rasmi

Festival doirasida aviatsiya, agrotexnologiyalar, mashinasozlik, robototexnika, "yashil" energetika, arxitektura va tibbiyot muhandisligi kabi 9 ta zamonaviy muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rgazma, olimpiada va tanlovlar o‘tkazildi. Yakunda "Kelajak muhandislari" ilmiy konsorsiumi tashkil etilgani e’lon qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etildi. Tadbirda ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari rahbarlari, ShHTga a’zo davlatlar universitetlari rektorlari, ShHT Kotibiyati, BMT va Butunjahon muhandislik tashkilotlari federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro tanlovda O‘zbekiston talabalari ham o‘z salohiyatini munosib tarzda namoyon etdi. Xususan, 9 turdagi muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tanlovda Olmaliq davlat texnika instituti talabalari 3 ta sovrinli o‘ringa sazovor bo‘ldi.

“ASTRYX” jamoasi First Tech Challenge “China Championship 2026” xalqaro turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Inzhener metallurg” jamoasi “Mexanizmlar estafetasi” musobaqasida sovrindor bo‘lish orqali bilimga chanqoqlik, yangilikka intilish va jamoaviy ishonchni isbotladi. Robototexnika yo‘nalishida ODTI talabalari “Gumanoid robotlar” musobaqasida 3-o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasi qabul qilindilar.

Katta ko‘lamdagi transformatsiya jarayonlari olib borilayotgan Olmaliq davlat texnika instituti talabalarining bu yutuqlari — shunchaki natija emas. Bu mehnat, o‘qish va izlanish, haqiqiy muhandislik tafakkurining yorqin namunasidir. Bu yutuqlar — faqatgina boshlanishi. Ilmga ishongan, mehnat va aql-zakovat maydonida toblanayotgan yoshlar kelajak yaratuvchilaridir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Мужтабо Хоманаий: Эрон Ҳормуз бўғозини назорат қилишда давом этади'ning rasmi

    Dunyo 30.04.2026 13:57

    Мужтабо Хоманаий: Эрон Ҳормуз бўғозини назорат қилишда давом этади

    Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakat Fors ko‘rfazi mintaqasidagi strategik nazoratni saqlab qolish niyatida ekanini bildirdi.

    'Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot bermoqda'ning rasmi

    Dunyo 30.04.2026 06:22

    Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot bermoqda

    AQSh vitse-prezidenti Pentagon ma’lumotlariga shubha bildirib, mamlakatda qurol-yarog‘ zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda.

    'Afgʻoniston shimolida yangi neft quduqlari ishga tushirildi'ning rasmi

    Dunyo 30.04.2026 06:16

    Afgʻoniston shimolida yangi neft quduqlari ishga tushirildi

    Tolibonning Ma’danlar va neft vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur quduqlardan neft qazib olish ishlari rasman boshlangan.

    'Tramp Netanyaxuga Livan bo‘yicha “aniq zarbalar”ni tavsiya qildi'ning rasmi

    Dunyo 30.04.2026 04:38

    Tramp Netanyaxuga Livan bo‘yicha “aniq zarbalar”ni tavsiya qildi

    AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Livandagi amaliyotlarda ehtiyotkorlikka chaqirdi.

    'Tramp va Putin telefonda muloqot qildi'ning rasmi

    Dunyo 30.04.2026 04:07

    Tramp va Putin telefonda muloqot qildi

    Muloqot bir yarim soatdan ortiq davom etgan.

    'Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 29.04.2026 08:33

    Eron AQShga “qulash holatida” ekanini ma’lum qildi — Tramp

    AQSh prezidenti Tehron Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha murojaat qilganini ma’lum qildi.