AsosiyDunyo

Мужтабо Хоманаий: Эрон Ҳормуз бўғозини назорат қилишда давом этади

Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakat Fors ko‘rfazi mintaqasidagi strategik nazoratni saqlab qolish niyatida ekanini bildirdi.

'Мужтабо Хоманаий: Эрон Ҳормуз бўғозини назорат қилишда давом этади'ning rasmi

Uning ta’kidlashicha, Hormuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazi xavfsizligini Eron AQSh ishtirokisiz ta’minlashga tayyor.

Xomanaiy bu orqali mintaqada barqarorlikni kuchaytirish va “dushman harakatlariga chek qo‘yish” maqsad qilinganini aytdi.

Shu bilan birga, u AQSh ishtirokisiz mintaqani “porloq kelajak” kutayotganini ta’kidladi. Avvalroq esa Donald Trump tomonidan Eron bilan bog‘liq keskin bayonotlar yangragani ortidan neft narxlari keskin oshgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar