Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, “elektron retsept” tizimi bekor qilinishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilingan. Amaldagi hujjatlarga ko‘ra, aksincha, ushbu tizimni bosqichma-bosqich kengaytirish rejalashtirilgan.
Xususan, 2025 yil 15 dekabrdagi buyruqqa muvofiq, elektron retsept asosida beriladigan dori vositalari ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Birinchi bosqichda antibiotiklar, sintetik antibakterial va gormonal preparatlar uchun elektron retsept majburiy etib belgilangan.
Yangi buyruq loyihasida esa Toshkent shahri va tajriba-sinov o‘tkazilayotgan 15 ta hududdagi barcha tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarni to‘liq elektron retsept tizimiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, kuchli ta’sir qiluvchi, giyohvandlik yoki psixotrop moddalar saqlovchi ayrim dori vositalari hamda reimbrursatsiya dasturiga oid jarayonlar mazkur tizimdan mustasno bo‘lib qoladi.






