AsosiyJamiyat

Tramp Yevropa davlatlarini Ukraina masalasida tanqid qildi

AQSh prezidenti NATO mamlakatlarini Ukrainadagi vaziyat uchun mas’ul deb atab, ularning harakatlarini keskin baholadi.

'Tramp Yevropa davlatlarini Ukraina masalasida tanqid qildi'ning rasmi

Donald Trump Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida NATOga a’zo Yevropa davlatlarini tanqid qildi. Uning aytishicha, aynan ular Ukrainada “tartibsizlik” keltirib chiqargan, AQSh esa vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermoqda.

Trump, shuningdek, sobiq prezident Jo Bayden Ukrainaga 350 milliard dollar ajratganini “telbalik” deb atab, bu qaror urushning cho‘zilishiga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u Germaniya kansleri Fridrix Mertsni ham tanqid qilib, Berlin Ukrainadagi mojaroga ko‘proq e’tibor qaratishi kerakligini, AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyatga aralashmasligi lozimligini aytdi.

Merts esa o‘z navbatida Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarni samarasiz deb baholab, Eron AQShni “kamsitayotgani”ni bildirgan.

    Boshqa yangiliklar