Mashhur FMInside portali Manchester City himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati 63–119 million yevro oralig‘ida bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
Hozirda Transfermarkt 21 yoshli futbolchini 35 million yevroga baholamoqda, biroq skautlar uning real narxi 100 million yevrogacha yetishini ta’kidlamoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchini sotib olish uchun klubga kamida 80 million yevro taklif qilish talab etiladi va jamoaning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olganda, bu summa ham yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Husanov ayni paytda jamoaning asosiy himoyachilaridan biri sanaladi.






