AsosiyJamiyat

AQSH Yevropadagi harbiylar sonini ochiqladi

Yevropada joylashgan amerikalik harbiylar soni va ularning asosiy qismi qayerda xizmat qilayotgani ma’lum qilindi.

'AQSH Yevropadagi harbiylar sonini ochiqladi'ning rasmi

AQSh Qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi — EUCOM ma’lumotiga ko‘ra, qit’ada taxminan 80 ming nafar amerikalik harbiy xizmatchi bor. Ularning qariyb yarmi Germaniya hududida joylashgan bo‘lib, taxminan 38 ming nafari doimiy va rotatsion asosda xizmat qilmoqda.

Qo‘mondonlik vakillari ta’kidlashicha, qo‘shinlar soni xalqaro vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. Shu bilan birga, Donald Trump avvalroq Germaniyadagi harbiy kontingentni qisqartirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini bildirgan.

AQSh rahbari bu borada qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, u Italiya va Ispaniyadan ham qo‘shinlarni chiqarish ehtimolini istisno qilmagan.

    Boshqa yangiliklar