AsosiyJamiyat

Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi

Poytaxtda harakatlanayotgan avtomashina ustiga chiqib raqsga tushgan bir guruh o‘smirlar bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

'Toshkentda Nexia-2 ustida raqsga tushgan o‘smirlar aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir nechta bola Nexia-2 avtomobili ustida harakat davomida raqsga tushayotgani aks etgan edi. Toshkent shahar IIBB ma'lum qilishicha, hodisa 26 aprel kuni tungi soat 02:00 atrofida Yunusobod tumanidagi yo'l chorrahalarida sodir bo'lgan.

Aniqlanishicha, haydovchi o'smirlarning xavfli harakatlariga yo'l qo'yish bilan birga, baland ovozli musiqani ham yoqqan. Unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydonchasiga jo'natilgan.

Shuningdek, o'smirlar Surxondaryo viloyatidan ekani va Toshkentda ota-ona hamrohligisiz bo'lgani ma'lum bo'ldi. Ular voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirilgan. Ota-onalariga nisbatan ham tegishli tartibda ma'muriy chora ko'rilgan.

    Boshqa yangiliklar