AsosiyJamiyat

Chegarasiz muxbirlar matbuot erkinligi reytingini e'lon qildi

Unda O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

'Chegarasiz muxbirlar matbuot erkinligi reytingini e'lon qildi'ning rasmi

Parijda joylashgan tashkilot 2026 yilgi global indeksni eʼlon qildi. Hisobotga koʻra, dunyoning qariyb 75 foiz mamlakatida soʻz erkinligi muammoli yoki oʻta ogʻir holatda.

Qarorgohi Parijda joylashgan “Chegarasiz muxbirlar” (RCF) 180 davlat qamrab olingan 2026 yilgi Matbuot erkinligi indeksini taqdim etdi. Unga koʻra, Oʻzbekiston yana media muhitida jiddiy cheklovlar saqlanib qolayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.

Tashkilot dunyo boʻyicha vaziyat yomonlashayotganini taʼkidlab, mamlakatlarning yarmidan koʻpi “murakkab” yoki “juda jiddiy vaziyat” toifalarida ekanini bildirdi. Reytingning yuqori pogʻonalarida anʼanaviy ravishda Norvegiya, Daniya va Niderlandiya yetakchilik qilmoqda. Oxirgi oʻrinda esa OAV uchun eng qattiq cheklovlar amal qiluvchi Eritreya joylashgan.

Postsovet hududida turlicha dinamika kuzatilmoqda: Rossiya 172-oʻringa tushdi, Belarus 165-oʻrinda, Turkmaniston 173-pogʻonada qayd etildi. Ayni paytda Moldova 31-oʻringa koʻtarildi, Ukraina 55-oʻringa chiqdi, Armaniston natijalarini yaxshiladi, Gruziya esa 135-oʻringa tushib ketdi.

RCFga koʻra, jurnalistlarga bosim kuchayishi, qonunchilik orqali cheklovlar va OAV xodimlari xavfsizligiga tahdidlar global pasayishning asosiy omillari boʻlib qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar