AsosiyJamiyat

Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlar maoshsiz qoldirildi

Rossiyada 100 dan ortiq o‘zbekistonlik mehnat muhojiri bir necha oy davomida ish haqisiz va oziq-ovqatsiz qolgani ma’lum bo‘ldi.

'Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlar maoshsiz qoldirildi'ning rasmi

Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ish beruvchilarning qarzi qariyb 24 million rublni tashkil etgan.

Muammo yuzasidan O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi va Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari jalb qilinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 100 dan ortiq fuqaroga qisman maoshlari undirib berildi, qolgan qarzdorlikni esa yaqin kunlarda to‘lash rejalashtirilmoqda.

Ayrim noqonuniy holatga tushib qolgan fuqarolar esa Vatanga qaytarilib, ularga yordam ko‘rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar