AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlar holatini o‘rgandi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi bir qator madaniy obyektlarda bo‘lib, ularning joriy holati bilan tanishdi.

'Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi teatrlar holatini o‘rgandi'ning rasmi

U jumladan Muqimiy nomidagi akademik teatr, O‘zbekiston Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mazkur obyektlarni ta’mirlash va rivojlantirish uchun moliyalashtirish masalalari bo‘yicha mas’ullar tayinlangan bo‘lib, jarayon uning shaxsiy nazoratiga olingan.

    Boshqa yangiliklar