Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, xodim fuqaroning ishonchiga kirib, 50 mln so‘m kreditni rasmiylashtirgan, ammo mijozga 17 mln so‘m berilganini aytgan.
Qolgan 33 mln so‘mni esa naqdlashtirib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






