O‘zbekistonda 2026 yilgi Haj mavsumi 2 may kunidan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 18 mayga qadar har kuni mamlakatdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga parvoz qiladi. Ularni Madinaga yetkazish Flyadeal aviakompaniyasi tomonidan, Vatanga qaytarish esa Uzbekistan Airways orqali amalga oshiriladi. Ma’lum qilinishicha, ziyoratchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, meningitga qarshi emlangan. Shuningdek, haj vizalari va boshqa zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, guruh rahbarlari biriktirilgan va safar oldi tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etilgan. Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan ishchi guruhlar mehmonxonalar hamda Mino vodiysi va Arofot vodiysida ziyoratchilar uchun munosib sharoitlar yaratish ustida ish olib bormoqda.
Boshqa yangiliklar

Jamiyat Bugun 07:09
Toshkent viloyatida PPH xodimiga nisbatan bildirilgan ayblovlar rad etildi
Rasmiy maʼlumotga koʻra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Jamiyat Bugun 06:06
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Keyingi yig‘ilish 17 iyun kuniga belgilandi

Jamiyat Bugun 05:26
Kiberxavfsizlik markazi tizimlariga kiberhujum bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar asossiz ekani ma’lum qilindi.

Jamiyat Bugun 05:02
Оҳангаронда ППХ ходими 14 ёшли қизларга тегажоғлик қилганликда гумонланмоқда
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat ortidan rasmiy tekshiruv boshlandi.

Jamiyat Bugun 03:08
Sirdaryoda soliq xodimi pora bilan ushlandi
Tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi mansabdori 10 mln so‘mlik tilla taqinchoqni olayotganda qo‘lga tushdi.

Jamiyat 28.04.2026 09:43
Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
