AsosiyJamiyat

Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda

Unda 12 davlatdan — jami 94 nafar 15–18 yoshli iqtidorli o‘quvchi ishtirok etmoqda.

'Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda'ning rasmi

Unda Turkiya, Tailand, Malayziya, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 94 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etmoqda. Yoshlar biologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Olimpiadaning maqsadi — ajdodlar merosini xalqaro darajada targ‘ib qilish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.

Musobaqa 2 bosqichda o‘tkaziladi: laboratoriya va yozma ish. Yakunda g‘oliblar oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi.

Tadbir doirasida mahorat darslari va Namanganning tarixiy joylariga sayohatlar ham tashkil etilgan. Olimpiada iyul oyida Litvada bo‘ladigan xalqaro bosqichga tayyorgarlik vazifasini ham o‘taydi.

    Boshqa yangiliklar