AsosiyJamiyat

AЁQSHlarda tushumlar oshdi

To‘lovlarning asosiy qismi bank kartalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

'AЁQSHlarda tushumlar oshdi'ning rasmi

1–22 aprel kunlari O'zbekistonda AYoQSh tushumlari sezilarli darajada oshdi, to'lovlarning asosiy qismi bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotiga ko'ra, ushbu davrda naqd pulsiz to'lovlar hajmi 2,49 trln so'mdan oshgan. Kunlik o'rtacha tushum 113,1 mlrd so'mni tashkil etgan.

Shuningdek, 22 kun ichida jami 20,9 mln ta tranzaksiya amalga oshirilgan, kunlik o'rtacha ko'rsatkich esa 951 mingtaga teng bo'lgan.

Tahlillarga ko'ra, tushumlarning 92,9 foizi bank kartalari orqali amalga oshirilgan: 88,1 foizi oddiy kartalar, 4,8 foizi esa QR-kod to'lovlari hissasiga to'g'ri keladi.

Markaziy bank qayd etishicha, bu ko'rsatkichlar aholi orasida naqd pulsiz to'lovlar ulushi ortib borayotganini ko'rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar