AsosiyJamiyat

BMW urib ketgan YПX inspektori oilasiga uy berildi

Toshkentda xizmat vaqtida halok bo‘lgan YPX inspektori Hosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi.

'BMW urib ketgan YПX inspektori oilasiga uy berildi'ning rasmi

Uning oilasiga Prezident sovg‘asi sifatida uch xonali uy taqdim etildi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, marosimda vazirlik rahbariyati, poytaxt jamoatchiligi, marhumning safdoshlari hamda oila a’zolari ishtirok etgan. Tadbirda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlar xotirasi yod etilib, yodgorlik lavhasi poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida Ichki ishlar vaziri Xosilbek Eshnazarovning xizmat faoliyati va uning jasorati alohida ta’kidlangan. Shuningdek, davlat tomonidan uning oilasi doimiy e’tiborda bo‘lishi aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, marhum Prezident farmoni bilan “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Medal marosimda uning otasiga topshirildi. Shu bilan birga, Prezident sovg‘asi sifatida Eshnazarovlar oilasiga uch xonali uy berildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Mirabod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov avtomashinada YPX inspektori Xosilbek Eshnazarovni urib yuborgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmogda.

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayb qo‘yilgan. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:57

    Oliy taʼlim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi

    Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimi nodavlat universitet filialiga litsenziya olib berishni va'da qilib, 100 ming AQSh dollar olgan vaqtida qo'lga olindi.

    'Toshkentda Lacetti boshqargan voyaga yetmagan bola YPXdan qochib YTH sodir etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:55

    Toshkentda Lacetti boshqargan voyaga yetmagan bola YPXdan qochib YTH sodir etdi

    Chilonzorda YPX xodimlarining toʻxtash talabiga boʻysunmagan Lacetti haydovchisi qochish vaqtida boshqa mashina bilan toʻqnashib ketdi.

    'Pastdarg‘omda sudya pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:25

    Pastdarg‘omda sudya pora bilan qo‘lga tushdi

    Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya 300 AQSH dollari pora olgan vaqtida ushlangan.

    'Eron, AQSh va Isroil o'rtasidagi urushning 7- kuni'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:09

    ''ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 15:36

    'Ozarbayjon har qanday tahdidni "temir musht" bilan qarshi oladi — Aliyev'ning rasmi

    Jamiyat 05.03.2026 14:40

    Ozarbayjon har qanday tahdidni "temir musht" bilan qarshi oladi — Aliyev

    Prezident mamlakatga qarshi chiqquvchilar qat'iy javobga uchraishiga e'tibor qaratdi.