Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ozarbayjonga dron uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bayonotda ta'kidlanishicha, Eron barcha davlatlar, xususan qo'shni va musulmon mamlakatlarning suverenitetini hurmat qiladi.
Bosh shtab bu hodisani Isroil rejimi tomonidan Eronni ayblash va musulmon davlatlar o'rtasida munosabatlarni buzish maqsadida amalga oshirilgan harakat deb baholadi.
5 mart kuni Eron raketasi Ozarbayjonning Naxichevon Muxtor Respublikasi aeroportiga tushgan, yana bir dron maktab yaqiniga kelgan va evakuatsiya qilingan. Ozarbayjon Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari keskin norozilik bildirgan, Prezident Ilhom Aliyev hujumni terroristik deb atagan.
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham Ozarbayjon bilan telefon orqali muloqot qilib, vaziyatdan jiddiy xavotir bildirgan.






