Toshkent viloyatining Angren shahrida doimiy ravishda it so‘yib kelgan ikki nafar erkak qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy manbalar xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 27 fevral kuni aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ikki nafar shaxs itlarni so‘yayotgani aks etgan. Keyinchalik ular bunday ishni muntazam ravishda amalga oshirib kelgani ma’lum bo‘lgan.
Holatdan xabar topgan fuqarolar darhol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shaxslar aniqlandi, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Angren shahar sudi qaroriga ko‘ra, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi — hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishda aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.






