Ma’lum qilinishicha, 2 mart kuni tushdan keyin Kapikoy nazorat-o‘tkazish punkti orqali odamlar oqimi keskin oshgan. Ertalab esa Anqara uchta chegara darvozasida bir kunlik sayohatchilar harakatini vaqtincha to‘xtatib, faqat Turkiya va uchinchi davlat fuqarolariga kirishga ruxsat bergan.
Qazvin atrofidan kelgan yo‘lovchilardan biri harbiy hududlardagi doimiy zarbalar kundalik hayotga ta’sir qilayotganini bildirgan. Uning aytishicha, oziq-ovqat tanqisligi kuzatilmayapti, biroq asosiy muammo — yoqilg‘i topish. Chegarada yengil qor yog‘ayotgan paytda odamlar chemodanlari bilan Istanbul yo‘nalishidagi mikroavtobuslarga yo‘l olgan.
Turkiya Savdo vaziri Omer Bolat Eron fuqarolarining Turkiya orqali mamlakatga kirishiga ruxsat berilayotganini, uchta darvoza orqali tijoriy yuk tashuvlari esa nazorat ostida davom etayotganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, chegara va savdo oqimlarining uzluksiz ishlashi uchun barcha xizmatlar yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan.






