Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrif buyurdi.
Hozirgacha hududda 68 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilib, 1,5 ming xonadonga aholi ko‘chib kirdi. Shuningdek, maktab, bog‘cha, poliklinika va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari ishga tushirilgan.
Prezident massivdagi 66-maktab, xorijiy tillar va IT o‘quv markazidagi sharoitlar bilan tanishib, yoshlarni sun’iy intellekt, raqamlashtirish va xorijiy tillarga o‘qitish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, hududni yanada obod qilish va aholi uchun qulayliklarni kengaytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.






