AsosiyJamiyat

Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”

Eron TIV rahbari mamlakat boshqaruv tizimi alohida shaxslarga bog'liq emasligini ta'kidladi.

'Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”'ning rasmi

Abbas Aroqchi AQShda ayrim doiradarda Eron oliy rahbariga suiqasd ehtimoli haqida aytilayotgan fikrlarga munosabat bildirib, agar shunday holat yuz bersa ham, mamlakat tizimi ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar yangi rahbar saylanishi zarur bo‘lsa, bu belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi va tizim izdan chiqmaydi. Shuningdek, u Eron boshqaruv tizimi alohida shaxslarga emas, balki institutlar va xalq qo‘lloviga tayanishini qo‘shimcha qildi.

Vazir hatto urush sharoitida ham tizim faoliyati to‘xtamaganini ta’kidlab, har qanday favqulodda vaziyatda ham mamlakat boshqaruvi davom etishiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar