Sankt-Peterburgda farrosh bo‘lib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi Xayrullo Ibadullayev yettinchi qavatdan qulagan bolani ushlab qolib, uning hayotini saqlab qoldi.
Hodisa 22 fevral kuni sodir bo‘ldi. Yetti yoshli bola deraza tokchasiga chiqib, pastga qulab tushgan. Shu payt hovlida bo‘lgan erkak yugurib borib, bolani ushlab qolgan va o‘z tanasi bilan zarbani yumshatgan. Oqibatda bola va uni qutqargan erkak shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu voqeadan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Xayrullo Ibadullayevni "Jasorat" medali bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, unga Rossiya tomonidan ham bir million rubl miqdorida pul mukofoti berilishi ma’lum qilindi.
Qahramon esa o‘zini qahramon deb hisoblamasligini, u uchun eng muhimi bolaning omon qolgani ekanini aytgan.






