AsosiyJamiyat

Meksikada "El Mencho" laqabli yirik narkobaron o‘ldirildi.

Unining o‘limi haqidagi xabarlar ortidan mamlakating bir necha hududlarida otishmalar va tartibsizliklar boshlandi.

'Meksikada "El Mencho" laqabli yirik narkobaron o‘ldirildi.'ning rasmi

“El Mencho” laqabi bilan tanilgan Nemesio Oseguera Servantes Jalisco New Generation Cartel rahbari bo‘lib, narkotik savdosi va uyushgan jinoyatchilikning asosiy figuralaridan biri hisoblanar edi.

Uning o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgach, Meksikaning bir qator shtatlarida avtomobillar yoqib yuborilgan, yo‘llar to‘sib qo‘yilgan va qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Bu holatlar kartel a’zolarining javob harakatlari sifatida baholanmoqda.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti narkobaronning joylashuvi haqida ma’lumot berganlar uchun 15 million dollargacha mukofot e’lon qilgan edi. Hozirda voqea yuzasidan rasmiy tekshiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar