AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonliklar martda necha kun dam oladi?

8 va 21 mart bayramlari munosabati bilan necha kun olinishi ma’lum bo‘ldi.

'Oʻzbekistonliklar martda necha kun dam oladi?'ning rasmi

2026 yilda ayrim umumxalq bayramlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ishchi-xodimlar uchun dam olish kunlarini ko‘chirish tartibi qonunchilik asosida belgilab qo‘yildi. 

Xususan, 21 mart — Navro‘z hamda ehtimoliy hisob-kitoblarga ko‘ra Ramazon hayiti shu sanaga to‘g‘ri kelishi, shuningdek, 8 mart — Xotin-qizlar kunining yakshanbaga mos kelishi dam olish kunlariga ta’sir qiladi.

Ma’lumki, 21 mart shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Shu tartib asosida dam olish kuni 23 mart — dushanbaga o‘tkaziladi.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

21 mart — bayram;

22 mart — yakshanba;

23 mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami: 3 kun dam olish.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

21 mart — bayram;

22 mart — yakshanba.

Jami: 2 kun dam olish.

Shuningdek, 2026 yilda 8 mart — Xotin-qizlar kuni ham yakshanbaga to‘g‘ri keladi. Shu sababli dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:

7 mart — shanba dam olish;

8 mart — bayram;

9 mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami: 3 kun dam olish.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:

8 mart — bayram;

9 mart — ko‘chirilgan dam olish kuni.

Jami: 2 kun dam olish.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayrim fuqarolar uzoqroq bayram ta’tillariga o‘rgangani uchun bu yilgi 2–3 kunlik tanaffus qisqadek tuyulishi mumkin. Biroq amaldagi tartibga ko‘ra, bayram va dam olish kunlari ustma-ust kelganda, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Qonunchilikka o‘zgartirish kiritilsa, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:37

    'O‘zbekistonliklar ramazonda beriladigan yordam puli bo‘yicha firibgarlikdan ogohlantirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:05

    O‘zbekistonliklar ramazonda beriladigan yordam puli bo‘yicha firibgarlikdan ogohlantirildi.

    Ekspertlar bunday habarlardan so‘ng firibgarlar turli yo‘llar, hatto soxta (feyk) saytlar yaratib, pulni o‘g‘irlashga urinishlari mumkinligidan ogohlantirdi.

    'Poytaxtda YTH oqibatida Gentra majaklanib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:45

    Poytaxtda YTH oqibatida Gentra majaklanib ketdi

    Toshkentda Cobalt, Nexia-3 va Gentra o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

    'Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:29

    Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

    22 fevral kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.02.2026 16:46

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.02.2026 15:44