AsosiyJamiyat

"Ochiq byudjet"ning birinchi mavsumi uchun 21 mingdan ortiq loyiha kiritildi

Bugun, 21 fevraldan “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi birinchi mavsumi uchun loyiha kiritish bosqichi rasman yakunlandi.

'"Ochiq byudjet"ning birinchi mavsumi uchun 21 mingdan ortiq loyiha kiritildi'ning rasmi

Bu haqda Moliya va iqtisodiyot vazirligi xabar berdi. 

Mazkur jarayon 1 fevral kuni boshlangan bo‘lib, 20 fevralgacha davom etdi. Ushbu davr mobaynida fuqarolar tomonidan jami 21 049 ta loyiha taklifi taqdim etilgan.

Endilikda jarayonning navbatdagi bosqichi – loyihalarni saralash ishlari boshlanadi. Ushbu bosqich 21 fevraldan 7 martgacha davom etadi. Saralash jarayonida taqdim etilgan tashabbuslarning belgilangan mezon va talablarga muvofiqligi va amalga oshirish imkoniyati o‘rganiladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar keyingi bosqich – ovoz berish jarayoniga qo‘yiladi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslar moliyalashtiriladi va amaliyotga joriy etiladi.

“Tashabbusli byudjet” dasturi aholi faolligini oshirish, hududlardagi muammolarni bevosita fuqarolar ishtirokida hal etish hamda byudjet mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar