AsosiyJamiyat

Ronaldo JChda zaxirada qolishga tayyor

Portugaliya terma jamoasi sardori Kristianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatida asosiy tarkib uchun kafolat talab qilmaypti.

'Ronaldo JChda zaxirada qolishga tayyor'ning rasmi

OAV xabariga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi mundialni zaxira o‘yinchisi sifatida boshlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ronaldu terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martinesning har qanday qarorini qabul qilishga tayyor ekani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tajribali futbolchi bu safar shaxsiy ambitsiyalardan ko‘ra jamoa manfaatlarini ustun qo‘ymoqda.

Ma’lumot uchun, Portugaliya 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichida o‘z guruhida peshqadam bo‘lib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Jamoa final bosqichida “K” guruhida O‘zbekiston va Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchinchi raqib esa qit’alararo pley-off orqali aniqdanadi.

    Boshqa yangiliklar