AsosiyJamiyat

Qo‘qonda 16 yoshli o‘smir profilaktika inspektorini pichoqladi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 9-sinf o‘quvchisi profilaktika inspektoriga pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Qo‘qonda 16 yoshli o‘smir profilaktika inspektorini pichoqladi'ning rasmi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning "Darrakchi.uz"ga ma'lum qilishicha, voqea 18 fevral kuni yashash xonadonida sodir bo'lgan. 16 yoshli O'.O'. Qo'qon shahar 1-son IIB profilaktika inspektori bilan o'zaro janjallashib, unga oshxona pichoqi bilan tan jarohati yetkazgan. Oqibatda inspektor og'ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "b" bandi (o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsga qasddan og'ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslarga 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Qo'qon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar