Ma’lum qilinishicha, voqea 2025 yil kuz oylarida sodir bo‘lgan. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi. 64 yoshli qaynona va 25 yoshli kelin o‘rtasidagi janjal beshik to‘yini o‘tkazish masalasida kelib chiqqan. Ular uyda yolg‘iz qolgan vaqtda tortishuv kuchayib, oqibatda kelin qaynonasiga 14 marta pichoq urgan.
Kelin sud va tergov jarayonida o‘zini himoya qilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaynonasi uni pichoq bilan qo‘rqitgan.
“Xonamda o‘tirgan paytim qaynonam kirib keldilar. Telefoningni ber menga, dedi. Hozir o‘g‘limga telefon qilib, xiyonat qildi bu senga deb ajratirib yuboraman, dedi. Men nima qildim, deb so‘radim. Seni baribir yo‘q qilaman, deb pichoqni qornimga tirab urmoqchi bo‘ldi. Men uni mahkam ushlab, chap qo‘limni aylantirib o‘tkazib, orqasiga bir marta pichoq urganimni bilaman”, degan u sudda.
Sud hay’ati kelinni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida opasiga ishqiy mazmundagi xabarlar yozgan tanishidan o‘ch olish maqsadida uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak 7 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.






