AsosiySiyosat

Prezident AQSHga tashrif buyuradi

O‘zbekiston yetakchisining Qo‘shma Shtatlarga tashrifidan nima kutilmog‘da?

'Prezident AQSHga tashrif buyuradi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti 17-19 fevral kunlari AQShda o‘tadigan Tinchlik kengashining dastlabki sammitida ishtirok etadi. Tashrif doirasida Gazonni tiklash va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning taklifiga binoan 17–19 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘ladi.

Tashrif doirasida davlat rahbari AQSh Tinchlik institutida o‘tadigan Tinchlik kengashining birinchi sammitida ishtirok etadi. Yig‘ilishda Gazo sektorini tiklash, gumanitar yordam ko‘rsatish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, tashrifning ishbilaromonlik dasturi doirasida Amerika yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokida strategik loyihalar taqdimo‘ti o‘tkazilishi, iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, Tinchlik kengashi Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston joriy yil yanvar oyida Davos shahrida o‘tgan tadbir chog‘ida unga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda tadbirkorlikka 10 trln so‘m: ishsizlik 4,6 foizga tushiriladi'ning rasmi

    Siyosat 04.03.2026 15:17

    Sirdaryoda tadbirkorlikka 10 trln so‘m: ishsizlik 4,6 foizga tushiriladi

    Shavkat Mirziyoyev raisligida Sirdaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 04.03.2026 14:50

    'Mirziyoyev va Omon Sulton telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 04.03.2026 11:36

    Mirziyoyev va Omon Sulton telefon orqali muloqot qildi

    4 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Omon Sultoniy Haysam bin Toriq Ol Said o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.

    'Prezident mudofaa salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi'ning rasmi

    Siyosat 03.03.2026 12:51