AsosiyJamiyat

Toʻqqizta viloyatga sel keladi

“O‘zgidromet” ogohlantirish bilan chiqdi.

'Toʻqqizta viloyatga sel keladi'ning rasmi

16-17 fevral kunlari kuchli yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

“O‘zgidromet”ga ko'ra, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlarida sel kelishi ehtimoli bor.

Xususan, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida pastqam joylarni suv bosishi mumkinligi qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar